RADJABOVA SAODAT HAMRAYEVNA

   NUROTA TUMAN MAKTABGACHA TA‘LIM BO‘LIMI MUDIRASI

   Telefon: +99895-607-42-55
   Faks:       +99895-607-42-55
   Elektron pochta: info@nurota-mtb.uz

   Qabul kunlari: Har haftaning Seshanba va Juma kunlari
  • Tarjimai hol

  • Xizmat vazifalari va majburiyatlari

  • Murojaat qilish

Tug‘ilgan sana

07.03.1967 yil  

Tug‘ilgan joyi

Navoiy viloyati Nurota tumani

Millati

O‘zbek

Ma‘lumoti

Oliy, Navoiy davlat pedagogika instituti

Mutaxassisligi

Fizika, astronomiya o‘qituvchisi

Tizumdagi ish staji

7 yil

Egallab turgan lavozimida

2017 yildan beri

Lavozim vazifalari:
- maktabgacha ta’lim muassasasi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
- maktabgacha ta’lim muassasa pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishini tashkil qilish;
- muassasani rivojlantirishda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalanish;
- maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq dasturlarning bajarilishini nazorat qilish;
- tarbiyalanuvchilar hayoti,sog‘lig‘ini muhofaza qilish, asrash, mustahkamlash, ularga ta’lim va tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; ye) yuqori tashkilotdan kelgan hujjatlarni rasmiylashtirilishi va uning ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish;
- maktabgacha ta’lim muassasasi Pedagogik kengashiga rahbarlik qilish, oilada farzand tarbiyasi masalalari bo‘yicha ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) bilan ishlashni tashkil qilish;
- tibbiy xodimlarning ishlashi uchun zarur sharoit yaratish va yo‘nalishi bo‘yicha ishlarini nazorat qilish;
- sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ishni tashkil etish va nazoratini olib borish;
- tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishi, yozgi sog‘lomlashtirish va chiniqtirish tadbirlarini tashkil etishga oid masalalarini hal qilish hamda ularning to‘laqonli sifatli bajarilishini nazorat qilish;
- maktabgacha ta’lim muassasasida tasdiqlangan rejaga muvofiq ish yuritishni tashkil qilish;
- muassasaga tarbiyalanuvchilarni yo‘llanma asosida qabul qilish va ota-onalar bilan shartnoma tuzish, bola yoshiga mos guruhga taqsimlash, bola qabuli bo‘yicha zarur hujjatlarni to‘g‘ri shakllantirish;
- maktabgacha ta’lim muassasasi jihozlaridan maksadli foydalanish, ularning hisobini yuritish va saqlanishini ta’minlash;
- maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, ularning zahirasini yaratish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshirish, ularni munosib ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ichki mehnat intizomiga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilish;
- byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish va muassasa mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni nazorat etish;
- ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, maktabgacha ta’lim muassasasi shtatlar jadvalida tarbiyachi-metodist lavozimi bo‘lmaganda uning vazifalarini bajarish;
- muassasada bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
- maktabgacha ta’lim muassasasi va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga qamrab olish ko‘rsatkichini oshirishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
- muassasa hududidagi 5-6 yoshli bolalarni qamrab olish va maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda maktabgacha ta’limning muqobil turlarini joriy etish.
Bilishi lozim:
- maktabgacha ta’lim sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni;
- maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiyalashning zamonaviy shakl va metodlarini;
- ta’lim-tarbiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etishni va boshqa variativ (muqobil) dasturlar orqali bilim olishini ta’minlashda pedagoglar va ota-onalarga ko‘maklashishni;
- maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining mazmuni va mohiyatini;
- pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, ta’lim va tarbiya jarayonida axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish amaliyotini; ye) pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, sanitariya qoidalari, gigiyena normativlari talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, maktabgacha ta’lim muassasa rahbar va mutaxassislarning asosiy lavozim malaka tavsiflarini.

YOPISH