"Pedagogning kaspiy kompetensiyasini rivojlantirish"




O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirining  2021 yil 18 maydagi “Maktabgacha ta`lim sifatini  pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga  yo`naltirilgan kaskad usulidagi semenar treninglar tashkil etish  to‘g‘risida”gi 88-sonli, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2021 yil 24 maydagi 96-sonli  buyrug‘iga asosan  tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limining 2021 yil 31 maydagi 91-sonli buyrui ishlab chikildi. Vazirlikning mazkur buyrug‘iga asosan birinchi bosqichda, Respublikaning hududlari markazlarida  maktabgacha  ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan va yuqori malakali,amaliy tajribaga ega deb topilgan  uslubchi va pedagoglar (keying o‘rinda-hududiy trenerlar deb yuritiladi) uchun institutda 24 soatga mo‘ljallangan seminar treninglar tashkil etish,        ikkinchi bosqichda, institutda tayyorlangan  hududiy  trenerlar, maktabgacha ta’lim vazirligi hamda institut xodimlarning tuman (shahar) maktabgacha ta’lim tizimada faoliyat yuritayotgan  va yuqori malakali,amaliy tajribaga  ega deb topilgan uslubchi va pedagoglar(keying o‘rinlarda- mahalliy trenerlar) uchun hududlar markazlarida24 soatga mo‘ljallangan seminar treninglar tashkil etishi,       uchinchi bosqichda,mahalliy trenerlar tomonidan tuman (shahar)lardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining  pedagoglarinin qamrab olgan holda seminar treninglar tashkil etilishi  belgilab berilgandi. Ikkinchi   viloyat bosqichida tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmat kursatish shoʻbasi metodisti D.Hasanova, 7-son DMTT tarbiyaich-metodisti A.Ergashevalar joriy yilning 2-4 iyun kunlari  ishtirok etib kaytishdi. Mazkur trenerlar tomonidan  joriy yilning  8-10 iyun kunlarituman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga karashli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining  36 nafar tajribali  metodist,tarbiyachilariga 
     maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining  kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar treningi tashkil etib o‘tkazildi.

ORQAGA QAYTISH

© 2018 NUROTA-MTB.UZ