"Shaxmatchi bolajon"



Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining 2021-yil                   10-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining  2021-yil   27-apreldagi  “Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchlari o‘rtasida “Shaxmat kunlari”ni o‘tkazish  to‘g‘risida”gi 69-sonli buyrug‘ining  ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 110-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida  tuman Maktabgacha talim bolimining 2021 yil 17 iyundagi  97-sonli buyrugi chiqarildi. Mazkur buyruqqa asosan  joriy yilning 18 iyun kuni tumandagi  5-7 yoshli maktabgacha  talim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari  ishtirokida  "Shaxmat" musobaqasi tashkil etilib  o`tkazildi. Musobaqada tumandagi  1.2.3.4.6.7.8.13,16.20-son DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Musobaqa natijalariga ko'ra  o'g'il bolalar o'rtasida 13-son DMTT  tarbiyalanuvchisi  Obilqosimov Amirbek 1-o'rinni,7-son DMTT  tarbiyalanuvchisi  Abdumurodov  Asadbek 2- o'rinni, 3-son DMTT  tarbiyalanuvchisi Abdurasulov Islombek 3-o'rinni egallashdi. Qizlar o'rtasida  13-son DMTT tarbiyalanuvchisi  Anvarova Dilnura 1-o'rinni, 20-son DMTT  tarbiyalanivchisi Boqulova  Zaynab 2-o'rinni, 1-son Aslamova Marjona 3-o'rinni egallashdi  Viloyat bosqichida  qatnashish uchun  13-son  tarbiyalanuvchilar Obilqosimov Amirbek va Anvarova Dilnuralar yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

ORQAGA QAYTISH

© 2018 NUROTA-MTB.UZ