"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2021"








O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 27 apreldagi  "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2021" kasbiy ko‘rik-tanlovini o'tkazish tug'risidagi 67-sonli buyrug'iga asosan joriy yilining 22 iyun kuni tumandagi Davlat maktabgacha ta’lim pedagog tarbiyachilar o'rtasida "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" kasbiy ko'rik tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Ko'rik tanlovning tuman bosqichida tumandagi 10 ta DMTT lardan 33 nafar tarbiyachilar ishtirok etishdi. Ko'rik tanlov 5 ta yo'nalishda tashkil etilib o'tkazildi. Ko'rik tanlovning "Eng yaxshi metodist tarbiyachi" naminatsiyasi bo'yicha 1 o'rinni 2-son DMTT tarbiyachi metodisti Turobova Zulayxo, "Eng yaxshi g'oya muallifi" naminatsiyasi bo'yicha 1-o'rinni 1-son DMTT  tarbiyachisi Turobova Dildora, "Eng  ijodkor  tarbiyachi" nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rinni 8-son DMTT  tarbiyachisi Kenjayeva Zamira, "Eng moxir qo'l ustasi" naminatsiyasi bo'yicha 1-o'rinni 8-son DMTT  tarbiyachisi Bozorova Durdona, Innovatsion va axborot texnologiyalarni qo'llaydigan yaxshi tarbiyachi nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rinni 2-son DMTT  tarbiyachisi Fayziyeva  Mo'tabarlar qo'lga kiritib viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Ko'rik tanlovda ishtirok etib faxrli 1,2,3-o'rinlarni egallagan tanlov ishtirokchilari tuman hokimligi va Maktabgacha ta’lim bulimining estalik sovg'alari  va faxriy yorliqlar  bilan taqdirlandilar.

ORQAGA QAYTISH

© 2018 NUROTA-MTB.UZ