Nurota tumanidagi davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etildi.Tadbirlarda buyuk davlat va siyosat arbobining hayot yo‘li, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida qilgan xizmatlari haqida ma’lumot berildi. Tarbiyalanuvchilar tomonidan birinchi prezidentimizni ulugʻlovchi she’rlar ijro etildi.Prezidentimizning xotirasiga bagi`shlab 4-son DMTT tarbiyalanuvchilari o`rtasida "Quvnoq startlar" musobaqasi tashkil etilib o`tkazildi. Sport musobaqasida faol ishtirok etgan tarbiyalanuvchilar tashkilot rahbari tomonidan rag`batlantirildi.