O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 20-yanvardagi «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-
ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida
hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta`limiga sifatli tayyorlash borasida ulardagi bilim olishga, kitob o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirishga qaratilgan tuman maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining katta va tayyorlov yoshdagi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Jajji zakovatchilar” intellektual o‘yinlarining tuman vaviloyat bosqichlarini o’tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur intellektual o‘yinning tuman bosqichi davlat va nodavlat MTTlari tarbiyalanuvchilari o`rtasida joriy yilning 15-fevral kuni tumandagi 6-son DMTTning musiqa zalida o`tkazilDI. Tanlovga tumandagi 15-ta davlat maktabgacha ta`lim tashkilotining tarbiyalanuvchilar jamoasi o`zaro bellashishdi. tanlov savol-javob tarzida ko`tarinki ruhda tshkil etilib o`tkazildi. Tanlovda faol ishtirok etib, faxrli 1-o`rinni 1-son DMTT tarbiyalanuvchilar jamoais 1-o`rinni, 6-son DMTT tarbiyalanuvchilari 2-o`rinni,13-son DMTT jamoasi faxrli 3-o`rinni qo`lga kiritishdi. 1-son DMTT tabiyalanuvchilar jamoasi viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo`llanmani qo`lga kiritdi.