Nurota tuman Maktabgcaha ta`lim bo`limida 2023-yil 22-fevral kuni tuman IIB hamda viloyat IIBYHXB xodimlari tomonidan yig`ilish o`tkazildi. Yig`ilishda tuman IIB boshlig`i Imomov,tuman YTX boshlig`i O.Safarovlar yo`l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish haqiqa tushuntirib o`tdilar.
Jumladan o`tgan yilning 12-oyi mobaynida viloyat hududida jami 331 ta yo`l transport hodisasi sodir etilgan bo`lib,shundan 108 tasi vafot etgan,272 tasi turli darajadagi tan jarohatlari olingan. Eng achinarlisi, bolalar ishtirokida 42 ta yo`l transport hodisasi qayd etilgan bo`lib,shundan 8 nafar bola hayotdan bevaqt ko`z yumgan bo`lsa, 36 nafari turli darajadagi tan jarohati olgan. Mazkur yo`l transport harakatlarining kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda ,asosan yo`lning belgilanmagan joyidan kesib o`tishlari,harakatlanib kelayotgan transport vositalarining tezligini inobatga olmasdan yo`ldan yugurib chiqish kabi bir qator omillar shart-sharoit yaratgan. Boshqa haydovchilar singari velosiped haydovchilari ham yo`l qoidalarini buzgan yoki namunada ko`rsatilganidek jihozlar bilan ta`minlanmagan taqdirda O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy Kodeksida belgilangan jazoga tortilishi belgilab qo`yilgan. Mkatabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim tarbiya berishda, ularga yo`llarda harakatlanish, yo`l harakati qoidalariga rioya qilish haqida tushuncha berib o`rgatib borish lozimligi haqida tushuntirib o`tildi.