Eng yaxshi uslubchi

Viloyat Maktabcha  ta`lim boshqarmasining  Ta`lim sifatini ta`minlash  va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo`limining 2023-yil birinchi yarim yillik  ish  rejasining 4-bandiga  asosan, fevral-mart oylarida  “Eng yaxshi uslubchi”  viloyat ko`rik tanlovi rejalashtirilmoqda.
Yuqoridagilarga asosan tuman Maktabgacha ta`lim bo`limi tasarrufidagi  davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan  metodistlar o`rtasida  joriy yilning  24-fevral kuni  “Eng yaxshi uslubchi” tanlovining tuman bosqichi tashkil etilib o`tkazildi. Ko`rik tanlovda tumandagi  8ta davlat maktabgacha ta`lim tashkilotining  uslubchilari ishtirok etishdi.  Ko`rik tanlov belgilangan Nizom  5-ta shart asosida tashkil etilib o`tkazildi. Tanlov natijalariga ko`ra tiumandagi 7-son DMTT  uslubchisi  Ergasheva  Aziza faxrli 1-o`rinni, 8-son DMTT  uslubchisi  Vohidova  Rahima faxrli 2-o`rinni, 2-son DMTT uslubchisiTurobova  Zulayxo  faxrli 3-o`rinni qo`lga kiritishdi. Ko`rik tanlov natijalariga ko`ra mutloq g`olib bo`lgan 7-son DMTT uslubchisi  A.Ergasheva  viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo`llanmani qo`lga kiritdi.

ORQAGA QAYTISH

© 2018 NUROTA-MTB.UZ