Zulfiya ijodiga ehtirom

Bugun   mamlakatimiz  ahli   har  bahorni   shoira Zulfiya   tavallud   topgan  kunni   nishonlash   bilan   kutib   olishni   an’anaga  aylantirdi.Shoira  kitoblarini  yurtimizdagi   ko‘plab   oilaviy   kutubxonalar  javonida   ko‘rish   mumkin!Zulfiyaxonim Nafaqat  o‘z   she’rlari,balki   butun  hayoti  bilan  o‘zbek  ayolining  ma’naviy   qiyofasini   namoyon  etgan.Zulfiya (1915 - 1996) hunarmand-degrezchi oilasida Toshkentda tug‘ilgan. Shunga qaramay, ota-onasi yuqori madaniyatli odamlar bo‘lishgan.Zulfiya Isroilova — taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi — bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviri. Barcha  jabhalarda bo`lgani  kabi maktabgacha ta`lim tizimida ham bahor ilk kuni  o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning tavallud kuni munosib tarzda nishonlash bilan kutib olindi. Zulfiya tavalludi munosabati bilan  “Zulfiya ijodiga ehtirom” badiiy-adabiy kechasini maktabgacha ta`lim tashkilotlari  pedfagog xodimlari o`rtasidako`rik tanlov  tashkil etilib o`tkazildi. Ko`rik tanlovda 11-nafar DMTT pedagog xodimlar ishtirok etishdi. Ko`rik tanlov ishtirokchilari  Zulfiya sherlaridan ijro etib, shoiraning hayoti va ijodiga oid savollarga javob berishdi,hamda  Zulfiya hayot yo`li haqida sahnaviy ko`rinishlar namoyish etildi. Tadbir ko`tarinki ruhda tashkil etilib o`tkazildi. Tanlov natijalariga ko`ra  10-son DMTT pedagog xodimi Saodova Dilshoda faxrli 1-o`rinni, 8-son DMTT  pedagog xodimi faxrli 2-o`rinni, 4-son DMTT  pedagog  xodimi faxrli 3-o`rinni egallashdi. Tanlov g`oliblari  tuman Maktabgacha ta`lim bo`limining esdalik sovg`alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

ORQAGA QAYTISH

© 2018 NUROTA-MTB.UZ