Assalom Navro`z

Assalom Navro'z" sayli bo'lib o'tdi. Saylda bolajonlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar, milliy laparlar va raqslar tadbir ko'rkiga ko'rk qo'shdi.Guruhlar tomonidan tayyorlangan milliy taomlar namoyishi ham bayramga o'zgacha shukuh bag'ishladi.Ayniqsa, bolajonlarning chiqishlari, ularning sho‘x-shodon kulgulari, ular ijrosidagi ona Vatanni, ko‘klamni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, raqslar barchaga zavq-shavq ulashdi.Tadbir davomida yig‘ilganlar uchun katta dasturxon yozilib, bayram kayfiyati karnay-surnay navolari va san’atkorlarning chiqishiga ulandi.

ORQAGA QAYTISH

© 2018 NUROTA-MTB.UZ