KONSTITUSIYAVIY ISLOHOTLAR – INSON QADRI UCHUN

Mamlakatimizda joriy yilning 30-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi o‘tkaziladi.

Nurota tuman maktabgacha ta'lim bo'limida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar yuzasidan maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarga konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati K.Tojiyev, Xalq deputatlari viloyat hamda  tuman Kengashi deputati S.Zokirov, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi I.Rajabov yangilanayotgan Konstitutsiyaning muhim jihatlari bo'yicha batafsil tushuntirishlar berdilar va tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

ORQAGA QAYTISH

© 2018 NUROTA-MTB.UZ