Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi xayot, yangi jamiyat barpo etish yo'lida qo'lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydеvori – kеlajagimizning ishonchli kafolatidir. Nurota tumani 13-son DMTMda tashkil etilgan targʻibot tadbirlari ham har bir yurtdoshimizning jamiyatimizdagi oʻzgarishlarga, yurtimiz taqdiriga befarq emasligini namoyish etdi."Yangi Konstitutsiya - xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi" shiori ostidagi tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas'ul xodimlari, tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi, "Oqila ayollar" harakati a‘zolari, faol xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar Yangi Konstitusiyamizda ayollarga jamiyat va davlat boshqaruvi, boshqa sohalarda tеng huquq va imkoniyatlar ta'minlanayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar.