BEFARQ BO‘LISHGA HAQQIMIZ YO‘Q,

BEFARQ BO‘LISHGA HAQQIMIZ YO‘Q,

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda, xususan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida jurnalist Lutfillo Tursunovning «Otangga bor, onangga bor». Vazirlik o‘z vazifasidan bexabarmi? Nomli maqolasi e’lon qilindi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi maqolada ko‘tarilgan muammoni atroflicha o‘rganib quydagilarni ma’lum qiladi:
Maqola muallifi joriy yilning 28 mart kuni Vazirlar Mahkamasining 244-sonli “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiklash to‘g‘risidagi” qaroriga asosan O‘zbekistonda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish yuzasidan tushunmovchiliklar, sansanorliklarga duch kelinayotganligini bayon etgan.
Jumladan, muallif “Arizani kim ko‘rib chiqish kerak?” - degan savoliga  Maktabgacha ta’lim vazirligining mutaxassislaridan juyali javob ololmaganligini tanqid ostiga olgan.
Vazirlik rahbariyati tomonidan zudlik bilan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, haqiqatdan ham vazirlikning 215-52-79 telefon raqamiga murojaat bo‘lgan. Ushbu murojaatga vazirlikka kelgan yangi mutaxassis to‘laqonli javob bera olmagan va  devonxona bosh mutaxassisi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga tayangan holda murojaatchiga javob qaytarishga harakat qilgan.
Tan olish lozim, har bir huquqiy asosni oddiy va halqchil tilda tushuntirib berish hamma mutaxassislarning ham qo‘lidan kelavermaydi. Shu bois, vazirlikka murojaat qilgan jurnalistga bu masalada to‘laqonli javob qaytarilmagan. Kezi kelganda shuni aytish lozimki, Maktabgacha ta’lim vazirligi yangi tizim bo‘lganligi va yangi binoga endigina ko‘chib o‘tganligi hamda vazirlik mas’ullarining telefon raqamlari hali to‘laligicha yo‘lga qo‘yilmaganligini alohida ta’kidlaydi.

Maktabgacha ta’lim vazirligning hozirda test sinovida ishlayotgan www.mdo.uz saytiga vazirlik devonxonasining telefon raqami vaqtincha Ishonch telefoni raqami sifatida joylashtirilganligi ham ushbu muammoni kelib chiqishida ahamiyatga ega . Sabab, har bir vazirlik va idoraning 24 soat murojaatlarni qabul qiluvchi Ishonch telefoni mavjud bo‘lishi shart.
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan fuqarolar murojaatini qabul qilish uchun maxsus Ishonch telefon xizmatini yo‘lga qo‘yish uchun tegishli idora va aloqa kompaniyalariga murojaat etilgan.
Ammo, bu sabablar fuqarolar murojaatini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va tezkorlik bilan murojaatchiga javob qaytarishga to‘sqinlik qildi deyishdan yiroqmiz va bu bahona bo‘la olmaydi. Shu bois, vazirlik ma’muriyati murojaatchiga ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratganligi bois o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Aynan mana shu maqola bu boradagi ishlarni tezkor va sifatli tashkil etishga turtki bo‘ldi deyishga haqlimiz. Xususan, vazirlik raxbariyati tomonidan zudlik bilan ishchi guruhi tuzilib, mutaxassislarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Har bir ota-ona xozirgi kunda Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga kiruvchi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari haqida https://emis.mpe.uz/core portalidan ma’lumot olishi mumkinligini eslatib o‘tamiz. Hozirgi kunda ushbu portal ma’lumotlar bazasi shakillanmoqda. Portalga kirish uchun login otaona, sirli  so‘z ham otaona.
Xulosa o‘rnida ta’kdlash lozimki, “Bolani bog‘chaga qanday joylashtirasiz?” mavzusidagi kichik yo‘riqnoma tayyorlandi va www.mdo.uz saytiga hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish, shuningdek barcha MTM ko‘rgazmali banner sifatida joylashtirish uchun tavsiya etildi. Qolaversa, bu borada O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Davlat xizmatlari markazi bilan hamkorlikda videorolik  tayyorlanmoqda va yaqin kunlarda markaziy va mahalliy telekanallarda efirga uzatilishi rejalashtirildi.

 

Boshqa yangiliklar

YOPISH