Milliy  qadriyatlar qadrda

Milliy qadriyatlar qadrda









O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida  2021 yil  19 yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan  “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar  tizimini tubdan  takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 3-sonli yig‘ilish bayoniga asosan   Nurota tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 6-son davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning   26 mart kuni “Milliy qadriyatlar qadrda” mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. Viloyat seminarida Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Idiyeva, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi Ta’lim tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i L.Rajabova, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis G.Rafiqova, tuman, shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirlari, ta’lim sifatini ta’minlash va metodik xizmatni tashkil etish shoʻba mudirlari, tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari  ishtirok etishdi. Tashkil etilgan viloyat seminarida  6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar qadrda” nomli muzeyi, tashkilot pedagoglari tomonidan tashkil etilgan  qo‘l mexnatlari, tashkilot guruh xonalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi 802-sonli qarori asosida jihozlanishi va  bezatilishi  bilan tanishib chiqishdi.  Seminar davomida 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglariva tarbiyalanuvchilari tomonidan tashkil etilgan  Gimnastrada sport chiqishlari, “Nafosat-2021” nomli  “Milliy-liboslar ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida  milliy liboslar namoyish etildi.
Seminar davomida  “Nurotam nurli diyor” mavzusidagi  maktabgacha ta’lim tashkiloti  pedagog xodimlari va tarbiyalanuvchilari tomonidan  badiiy chiqishlar namoyish etildi. Badiiy chiqishlar davomida bolalar ijrosida folklor chiqishlari, vatanparvarlik chiqishlari, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi kuy qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. 
  Maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan tashkil etilgan chiqishlar va namoyishlar   seminar ishtirokchilarida katta  taassurot qoldirdi.
Seminar davomida tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri S.Radjabova, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  F.Idiyevalar so‘zga chiqib, tumandagi  maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini bolalikdan kitobxonlikka oshno etish maqsadida

Boshqa yangiliklar

YOPISH