Nurota MTB da "Sayyor qabul"

Nurota MTB da "Sayyor qabul"




Navoiy viloyat  Nurota tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi   tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va aholining undan qanoatlanganlik darajasini oshirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Bo‘limga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda va qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va xatolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarning mas’uliyatini oshirish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda.
Nurota tuman  Maktabgacha ta’lim  bo‘limiga 2021 yil birinchi chorak  davomida  jami   54 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 6 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Bosh Vazir virtual  hamda   xalq qabulxonalari va orqali kelib tushgan.
Murojaatlarda asosan quyidagi masalalar ko‘tarilgan: 
- Ta’lim muassasalariga farzandini  joylashtirish to‘g‘risida;
-  Oilaviy Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish to‘g‘risida ;
- Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va masu’l xodimlari faoliyatidagi kamchiliklar;
-Maktabgacha ta’lim tashkilotiga ishga joylashish to‘g‘risida;
Mazkur yo‘nalishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish hamda ularga imkon qadar keng qulayliklar yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xatirchi tuman  Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri  tomonidan        2021 yil 1-chorak  jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini   qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazish jadvali 2021 yil   12  yanvarda Nurota tuman xokimligi tomonidan  tasdiqlangan  grafik ishlab chiqildi. Hozirgi kunga qadar  “Ibn Sino” MFYda  2021 yil  8 yanvar kuni,  “Chuya” MFYda15 yanvarkuni, “A.Temur” MFYda  2021 yil  22 yanvar kuni, “Yangi Xayot” MFYda  2021 yil  30 yanvar kuni, “Istiqbol” MFYda  2021 yil  5 fevral kuni,  “Oq majid” MFYda  2021 yil  12  fevral kuni “Qizilcha”  MFYda  2021 yil  19 fevral kuni, “Soykechar” MFYda  2021 yil  26 fevral kuni, “E.Sudur” MFYda  2021 yil  5 mart kuni,  , “Nur Faxr” MFYda  2021 yil 12 mart kuni, , “Gʻ.Gʻulom” MFYda  2021 yil  19 mart kuni sayyor qabullar o‘tkazilib jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini  qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarida  qirq birdan  ortiq murojaatlar  eshitilib fuqarolarga  belgilangan tartibda o‘rganilib chiqib javob xatlari taqdim etildi. Ushbu o‘tkazilgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazish  bo‘limning Veb saytida  yoritildi. 
Maktabgacha ta’lim bo‘limi   va  uning   tasarrufidagi       maktabgacha ta’lim   tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini Qonun talablari asosida ko‘rib chiqildi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH