MILLIY QADRIYATLAR- KELAJAK KO'ZGUSI

MILLIY QADRIYATLAR- KELAJAK KO'ZGUSI








Navoiy viloyati Nurota tumani 13-son 2 aprelda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy -ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha" 4307-sonli sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida tasdiqlangan "Yo'l xaritasi"dagi chora-tadbirlar rejasiga asosan "XUSH KELDING,O'LKAMGA NAVRO'ZI OLAM" nomli sayl o'tkazildi.Saylda tashkilotning barcha xodimlari  hamda tarbiyalanuvchilari o'zlarining bayramona chiqishlari, jonli burchaklari, qo'l mehnatlari  va o'zbek xalqining milliy taomlari bilan bezatilgan ko'rkam dasturxonlari bilan faol ishtirok etdilar.Maktabgacha ta'lim sohasida o'zbek milliy madaniyatini yuksaltirish maqsadida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar nafaqat tarbiyalanuvchilarining  milliy qadriyatlar to'g'risida bilimga ega bo'lishi, balki ularning shu an'ana va udumlarga sodiq qolgan holda kamol topishiga zamin yaratadi.Navro'z saylida guruhlar kesimida "Arqon tortish", "Shaxmat-shashka" sport musoboqasi, badiiy gimnastik chiqishlar qizg'in tus oldi. Saylda tashkilotga faxriy ustozlarning, tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri S.H.Rajabova, ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish hamda metodik xizmat ko'rsatish bo'limi sho'ba mudiri D.Hasanovalarning tashriflari va ular tomonidan bildirilgan samimiy tilaklar tashkilot xodimlari ko'nglida iliqlik uyg'otdi va sayl yanada o'zgacha shukhda o'tkazildi

Boshqa yangiliklar

YOPISH