"IQTIDORLI BOLAJON"

"IQTIDORLI BOLAJON"



O`zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha  yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari davlat o`quv dasturida belgilangan tamoyillar ijrosini ta`minlash hamda  tizimda ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish,bolalarning iste`dod va iqtidorlarini yuzaga chiqarish shunigdek, viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasining 2021 yil birinchi yarim yilligi ish rejasining 106-bandi ijrosini   ta`minlash maqsadida  davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o`rtasida o`tkaziladigan “Iqtidorli bolajon” intellektual ko`rik-tanlovini o`tkazish to`g`risidagi Nizom ishlab chiqilgan.Mazkur Nizomga asosan Nurota tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli davlat nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida joriy yilning 15 aprel kuni “Iqtidorli bolajon” intelektual ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi tashkil etilib o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovda tumandagi 1,2,3,4,6,7,9,13,20-sonli xamda “Umidli yoshlar maskani” DXSH asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari  ishtirok etishdi. Ko‘rik tanlov   matematika va ikkinchi til yo‘nalishida 3-shart asosida tashkil etildi. Kurik tanlov ishtiirokchilari ishtirokini baholab borish uchun tuman XTB mutaxassislar jalb etildi. Ko‘rik tanlovning matematika yo‘nalishi bo‘yicha 13-son DMTT tarbiyalanuvchisi Anvarova Dilnura 1-o‘rinni, “Umidli yoshlar maskani ” DXSH asosidagi NDMTT tarbiyalanuvchisi Nurlibekov  Sarvar 2-o‘rinni, 4-son DMTT tarbiyalanuvchisi  Zokirov Xabibullo 3-o‘rinni egallashdi.Ikkinchi til yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tilidan 6-son DMTT tarbiyalanuvchisi Hasanov Asadbek 1-o‘rinni, , “Umidli yoshlar maskani ” DXSH asosidagi NDMTT tarbiyalanuvchisi Tursunmurodova Mumtozbegim 2-o‘rinni, 3-son DMTT tarbiyalanuvchisi Bafoyeva Mubina 3-o‘rinni egallashdi. Ikkinchi til yo‘nalishi bo‘yicha rus tilidan 13-son DMTT tarbiyalanuvchisi Obilqosimov Amirbek 1-o‘rinni egalladi. Ko‘rik tanlovning viloyat bosqichida tumanda faxrli 1-o‘rinni egallagan matematika yo‘nalishi bo‘yicha 13-son DMTT tarbiyalanuvchisi Anvarova Dilnura, ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha 6-son DMTT tarbiyalanuvchisi Hasanov Asadbek, rus tilidan 13-son DMTT tarbiyalanuvchisi Obilqosimov Amirbeklar ishtirok etib tuman sharafini himoya qilishadi.Ko‘rik tanlov g‘oliblari tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limining faxriy yorlik va esdalik sovhalari bilan taqdirlanishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH