"Eng yaxshi kitobxon direktor"

"Eng yaxshi kitobxon direktor"



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  781-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Navoiy viloyati Nurota tumani  Maktabgacha ta’lim bo‘limining tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida joriy yilning 16 aprel kuni tumandagi davlat maktabgacha   ta’lim tashkilotlari direktorlari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon DMTT direktori” ko‘rik tanlovi tuman hokimligi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, tuman Ta’lim, fan va  xodimlar kasaba uyushmasi  Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilib o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovga tumandagi 3,4,6,7,16,20,21-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etishdi. Kitobxonlik intelektual ko‘rik tanlovi Oybekning “Navoiy” romani asosida tashkil etilib o‘tkazildi.       
Kurik tanlovda 1-o‘rinni 4-son DMTT direktori S.Primova 1-o‘rinni, 16-son DMTT direktori Alibekova Muxabbat 2-o‘rinni, 21-son DMTT direktori Eshmamatova Nargiza 3-o‘rinni, 20-son DMTT direktori  Farmonova Shaxnoza 4-o‘rinni, 3-son DMTT direktori Mansurova Muattar 5-o‘rinni egallab viloyat boskichida ishtirok etish uchun yullanmani kulga kiritishdi. Ko‘rik tanlovda faxrli o‘rinni egallagan faol ishtirok etganlar tuman Ta’lim, fan va  xodimlar kasaba uyushmasi  Kengashining faxriy yorliqlari, esdalik sovg‘alari hamda  30 dan ortiq badiiy  kitoblar bilan taqdirlanishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH