"NUROTADA SAYYOR QABUL"

"NUROTADA SAYYOR QABUL"



Sayyor qabulda tumandagi barcha Maxalla fuqarolari yig‘inlaridan fuqarolar, barcha davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari, tumandagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etgan tadbirkorlar hamda Davlat xususiy sheriklik maktabgacha ta’lim tashkilotlari derektorlari ishtirok etishdi


Sayyor qabul davomida maktabgacha ta’limi tizimida mazkur hududda jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki, yozma va elektron shakldagi murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida o‘rganish, ko‘rib chiqish, adolatli hal qilish, hududda joylashgan maktatabgacha ta’lim tashkilotlarning o‘zida va tuman miqyosida hal qilinishi mumkin bo‘lgan muammolarning tumandan chiqib ketishining oldini olish, tuman maktabgacha ta’lim  bo‘limi boshqaruv organining hamda ta’lim tashkilotlari rahbarlari mas’uliyatini oshirish, ushbu masalaga bo‘lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirish kerakligi to‘g‘risida gapirildi.


Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Sayyor qabul davomida maktabgacha t’lim tashkilotlardagi  mavjud kamchiliklar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 18 ta murojaatlar eshitildi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH