''ORZIQIB KUTILGAN ONLAR''

''ORZIQIB KUTILGAN ONLAR''





2021-2022 o‘quv yilida Nurota tumanida Maktabgacha ta’lim 3-7 yoshdagi bollar soni 6510 nafarni tashkil etib, bugungi kunda 18 ta davlat, 5 ta DXSH va 24 ta Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3780 nafarini qamrab olgan holda 58,1% ko‘rsatgichga erishildi. 
  Bugun Investisiya dasturi asosida Nurfaxr MFYda joylashgan loyiha qiymati 2 mld 300 mln so‘mlik 180 o‘rinli 8-sonli DMTT o‘z faoliyatini boshlamoqda.
Shu bilan birga 4 ta Oilaviy NMTT o‘z faoliyatini boshlagan holda tumandagi 3-7 yoshli bolalardan  4133 nafarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olgan holda qamrab olish ko‘rsatgichi 63%ga yetkazildi.
Bular:
1. A.Temur MFYdagi 25 o‘rinli Raxmonov Aminjonga qarashli ONMTT;
2. Bo‘diq MFYdagi 25 o‘rinli Navro‘zov Akbarga qarashli ONMTT;
3. Mustaqillik MFYdagi 25 o‘rinli Safarova Matlubaga qarashli ONMTT;
4. Mirishkor MFYdagi 25 o‘rinli Amonov Botirga qarashli ONMTT;
2021 yil yakunida Nurota tumani Yangihayot MFYdagi Yangibino qishlog‘ida 100 o‘rinli 1 ta DXSH (Yangi avlod-2018) va 35 ta Oilaviy NMTT tashkil etish hisobiga 1600 nafar 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish hisobiga 80% ko‘rsatgichga erishish hamda 180 ta bo‘sh ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar

YOPISH