Maktabgacha ta’lim-tarbiyada  yangicha  yondashuvlar....

Maktabgacha ta’lim-tarbiyada yangicha yondashuvlar....






Maktabgacha ta’lim-tarbiyada  yangicha  yondashuvlar.....yoxud maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdagi tajriba-sinov loyihasi 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 18 sentyabrdagi 786-sonli “Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tajriba-sinov  loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2019 yil Navoiy viloyati Nurota tumanining olis hududlarida, aniqrog‘i Yangibino, Xayrobod hamda Jarma qishloqlarida Mobil guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur qishloq hududlarining har  birida 2 tadan jami 6 ta guruh tashkil etilib, ularga 96 nafar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qamrab olindi. Ushbu mobil guruhlar tumandagi 1-sonli “Qaldirg‘och” davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirildi.  
      Joriy yilning 28 aprel kuni “Yangihayot” MFY  Xayrobod qishloq hududidagi mobil guruhida “Mobil guruh tarbiyalanuvchilariga ta’lim-tarbiya berish usullari”mavzusida viloyat seminari bo‘lib  o‘tdi. 
      Seminarda viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i N.Yaxshiyeva hamda boshqarma mutaxassisi N.Tog‘ayeva, tuman MTB mudiri S.Radjabova, bo‘lim shoʻba mudirlari shuningdek, Karmana,Navbahor,Xatirchi tumanlarining maktabgacha ta’lim tizimi vakillari , tuman MTT lari rahbar va pedagoglari, MFY faollari hamda ota-onalar ishtirok etishdi. 
  Seminarda guruh tarbiyachisi Dildora Turobova hamda yordamchi tarbiyachi Nasiba Bobomurodovalar  tomonidan  “Yer sayyorasi –umumiy uyimiz” oy mavzusi asosida ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot noan’anaviy  metodlarga tayangan  tarzda tashkil etilib, unda egallanayotgan nazariy bilimlarni  amaliy hayot bilan bog‘lash, AKTdan o‘rinli foydalanish, bolalar nutqini rivojlantirish, tafakkurini kengaytirish, milliy qadriyatlarimizga o‘zaro hurmat, vatanparvarlik  hissini uyg‘otish, Ona-tabiatimizni asrab –avaylashda o‘z hissasini qo‘shish tuyg‘ularni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, bolajonlarning  she’rxonlik, qahramonlar obrazlarini yaratish, tez aytish ko‘nikmalarini namoyon qilishlari, markazlarda ishlash jarayonlarida tarbiyalanuvchilarning o‘zlaridagi mavjud qobiliyatlarini namoyon etishlari, har bir faoliyati natijasini batafsil sharhlab berishlariga  tasanno aytmaslikning iloji yo‘q. 
  Seminar yakunida seminar qatnashchilari tomonidan  bildirilgan fikr-mulohazalarda bolajonlardagi namoyon etilayotgan bu bilim, ko‘nikma, malakalar  tarbiyachilarning tinimsiz va sidkidildan  olib borayotgan mashaqqali mehnatlari samarasi ekanligi e’tirof etildi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan mazkur  seminar ishtirokchilarda katta  taassurot qoldirdi.


Boshqa yangiliklar

YOPISH