"Beg'ubor bolajonlarning- beg'ubor maskani"

"Beg'ubor bolajonlarning- beg'ubor maskani"







Nurota tuman "Yangiturmush"MFY da 120 o‘rinli "Investisiya" dasturi asosida 21-son DMTT  2020 yil 7 iyunda boshlanib 15 oktyabrda Rekonstruksiya ishlari  tugatildi. Quruvchi tashkilot rahbari Amonov Ixtiyor "Axtam Amon " Xususiy korxonasi tomonidan 1.810 mln so‘mga ta’mirlandi.Joriy yilning 1-may kuni ushbu DMTTning ochilish tadbiri bo'lib o'tdi. Unda tuman hokimi o'rinbosari Sh.Vafoyev, IIB boshlig'i U.Shukurov , MTB mudiri S.Radjabova hamda Papanay qishlog'i faollari, oqsoqollari, keng jamoatchilik va jajji bolajonlar ishtirok etishdi.Barcha qulayliklarga ega bo'lgan ushbu bog'chada keng va yorug' guruh xonalari, sport va musiqa  zallari , shinam ovqatlanish xonalarining barchasi zamon talablari asosida jixozlangan. Qishloq ahli, ota- onalar, bolajonlarning quvonchi cheksiz. Ota- onalar uz fikr  munosabatlarida farzandlarimiz ta'lim- tarbiyasiga e'tiborda bo'layotgan hukumat rahbarlaridan hamda shaxsan  yurtboshimizdan juda minnatdor ekanliklarini e'tirof etishdi. Tuman ahli jajji farzandlarini o'z bag'riga chorlagan dargoh ochilganidan bag'oyat shod. Istagimiz ana shunday ta'lim maskanlari ko'payaversin.

Boshqa yangiliklar

YOPISH