"Yangi Oilaviy NMTT lar ochildi"

"Yangi Oilaviy NMTT lar ochildi"




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil   30 iyuldagi “Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida”gi 595-sonli qaroriga asosan   tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarga qamrab olinmagan  bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ishlarini tashkil etib kelinmoqda. Joriy yilning  1-iyun kunining o‘zida tumanimizda jami 2 ta oilaviy  bog‘chalarimiz:
Istikbol MFYda – 1ta;
Turko MFYda- 1ta
uz faoliyatini boshlayotganligi tumanimiz bolajonlari  ularning ota-onalari uchun  katta tuxfa desak buladi. Tumanda  Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 25 nafar tarbiyalanuvchilar uchun aloxida faoliyat xonasi, dam olish va ovqatlanish xonalari mavjud bo‘lib yetarli shart sharoit yaratilgan.Oilaviy NMTTning ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi. Bolajonlarning sho‘x-shodon qo‘shiq raqslari bilan boshlanib, tadbirga tashrif buyuurgan mexmonlarning tabrik so‘zlariga ulanib ketdi.

Oilaviy NMTTning ochilish ochilish marosimida tuman xokimi o‘rinbosari Sh.Vafoyev  tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri S.Radjabova va bo‘limning barcha mas’ul xodimlari nuroniy otaxonlar, onaxonlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi va tashkilotda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH