"HURRIYAT" OILAVIY NMTT o'z faolyatini boshladi

"HURRIYAT" OILAVIY NMTT o'z faolyatini boshladi




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil   30 iyuldagi “Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida”gi 595-sonli qaroriga asosan   tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarga qamrab olinmagan  bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ishlarini tashkil etib kelinmoqda. Joriy yilning  14-iyun kuni tumanimizda yangi ONMTT o'z faoliyatini boshlayotganligi tumanimiz bolajonlari  ularning ota-onalari uchun  katta tuhfa desak bo'ladi. Tumanda  Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 25 nafar tarbiyalanuvchilar uchun alohida faoliyat xonasi, dam olish va ovqatlanish xonalari mavjud bo‘lib yetarli shart sharoit yaratilgan.Oilaviy NMTTning ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi. Bolajonlarning sho‘x-shodon qo‘shiq raqslari bilan boshlanib, tadbirga tashrif buyuurgan mexmonlarning tabrik so‘zlariga ulanib ketdi.

Oilaviy NMTTning ochilish ochilish marosimida tuman hokimi U.Xalilov hokim o‘rinbosari Sh.Vafoyev  tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri S.Radjabova va bo‘limning barcha mas’ul xodimlari nuroniy otaxonlar, onaxonlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi va tashkilotda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH