DMTT larda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni

DMTT larda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga qo‘yiladigan gigiyena talablari (SanPiN) asosida tuman va shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari doirasida amalga oshiriladi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi binosida o‘tkaziladi. Manzil: 100070, Toshkent shaxri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 17-uy.

Tanlovda yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, umumiy ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi korxona va tashkilotlar Tanlov Komissiyasining Ishchi organi – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni ta’minlash bo‘limi (S.Mirzakarimov, A.Aliyev) bilan bog‘lanishi mumkin.

Ma’lumot uchun: Tel.: 71 207-04-08 (890, 856); E-mail: autsorsing2021@list.ru

Tanlovga qo‘yilgan MTTlarning lotlar bo‘yicha taqsimlanishi mazkur e’longa ilovada ko‘rsatiladi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish uchun tanlov o‘tkazish TARTIBI 2 ilovada ko‘rsatilgan.

Tanlov ishtirokchilarining takliflari tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha muhrlangan konvertlarda taqdim etiladi (tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi ariza tashqi konvert ustiga yelimlanadi).

Tanlov ishtirokchisi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining veb-saytida (www.mdo.uz) berilgan tanlov hujjatlari namunalari bilan tanishib, o‘zining ushbu tanlovda ishtirok etishini rasmiy ravishda xat orqali ma’lum qiladi. Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha takliflar (rasmiy xat va muhrlangan yopiq konvertda) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining mas’ul xodimlariga taqdim etilishi yoki pochta orqali vazirlikka yuborilishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha takliflarni berish:
2021 yil 17-27 avgust kunlari soat 10:00 dan  17:00 gacha (shanba, yakshanba dam olish kunlari hujjatlar qabul qilinmaydi) Eng oxirgi qabul qilish muddati
27 avgust soat 17-00.

Ishtirokchilarning takliflarini ochish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi binosida (Toshkent shaxri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 17-uy) quyidagi muddatlarda soat 10-00dan amalga oshiriladi:


112-лот  Навоий вилояти   Нурота тумани  2,3,4,7 ДМТТ лар учун

Boshqa yangiliklar

YOPISH