“O`tkir Hoshimov asari  bilimdoni”

“O`tkir Hoshimov asari bilimdoni”


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi        PQ-4907-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari o‘rtasida “O‘tkir Hoshimov asari  bilimdoni” nomli kitobxonlik ko‘rik tanlovining tuman bosqichi joriy yilning  12 avgust kuni  tuman xokimligi ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, tuman ARM markazi bilan xamkorlikda tashkil etilib o‘tkazildi. kurik tanlovda tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va pedagog xodimlari  ishtirok etishdi. Kurik tanlovda O‘zbekiston xalk yozuvchisi O‘tkir Xoshimovning "Dunyoning ishlari"  asari asosida tanlov ishtirokchilari uzaro bellashishdi. Tanlov natijalariga kura 1-o‘rinni 6-son DMTT direktori M.Ruziyeva, 2-o‘rinni 20-son DMTT direktori Sh.Farmonova, 3-o‘rinni 7-son DMTT direktori M.Xamroyeva, 2-son DMTT direktori  D.Xidirovalar kulga kiritishdi. Tanlov goliblari tuman xokimligi ma’naviyat ma’rifat bo‘linmasi tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limining faxriy yorlik va esdalik sovgalari bilan takdirlanishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH