Yangi 2021-2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish maksadida "Zamonaviy usullar orqali maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash" mavzusida tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun an’anaviy avgust shoʻba yig‘ilishlari o‘tkazildi. Shoʻba yig‘ilishlarida tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, metodistlari, psixologlari, jismoniy tarbiya yo‘riqchilari, til o‘qituvchilari, musiqa rahbarlari ishtirok etishdi. Shoʻba yig‘ilishlarida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-sonli qarori, Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining ish hujjatlari to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan davlat maktabgacha ta ’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarining yuritilishi, Maktabgacha ta’lim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi “Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 128-sonli buyruqlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish usullari xakida tushuntirib o‘tildi. Shoʻba yig‘ilishlari so‘ngida 2020-2021 o‘quv yili davomida samarali mexnat kilgan bir kator davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va pedagog xodimlari tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limining faxriy yorlik va esdalik sovg‘alari topshirildi.