Bayramga munosib tuhfa

Bayramga munosib tuhfa



O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021 yil   10 iyundagi “Qamrov darajasi past bo`lgan tumanlarda maktabgacha ta`lim tarmog`ini kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi  5144-sonli qaroriga asosan   tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarga qamrab olinmagan  bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ishlarini tashkil etib kelinmoqda. Joriy yilning   31 avgust  kuni tumanimizdagi Yangi hayot  MFYda yashovchi fuqaro  To`ychiyev Ma`ruf  tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti  o'z faoliyatini boshladi. Shu hududda yashayotgat  bolajonlari  ularning ota-onalari uchun  katta tuhfa desak bo'ladi. Ushbu  nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga  100 nafar tarbiyalanuvchilar uchun alohida faoliyat xonasi, dam olish va ovqatlanish xonalari mavjud bo‘lib yetarli shart sharoit yaratilgan. NMTTning ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi. Bolajonlarning sho‘x-shodon qo‘shiq raqslari bilan boshlanib, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarning tabrik so‘zlariga ulanib ketdi.Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotining  ochilish marosimida tuman  hokim U.Ya Xalilov, tuman hokimi o`rinbosari Sh.Vafoyev , tuman ichki ishlar bo`limi, tuman prokurori va bo‘limning barcha mas’ul xodimlari, mahalla faollari, nuroniy otaxonlar, onaxonlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi hamda  tashkilotda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH