Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i U.Tillayev tomonidan viloyat hokimligining rejasiga asosan 15-oktabr kuni soat 10:00 da Nurota tumani "Ibn Sino" MFY dagi 6-son "Paxtaoy" Davlat Maktabgcha ta'lim tashkiloti binosida tuman aholisi uchun jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.
Ushbu qabulda maktabgacha ta'lim tizimiga oid har qanday taklif, savol, shikoyat va boshqa murojaatlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.
Izoh: Qo‘shimcha ma'lumotlar olish uchun seshanbadan jumagacha soat 09:00 dan 18:00 gacha viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining (79) 220-12-81 hamda Nurota tuman MTBning +998-97-365-65-57 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.
BIZ SIZNI KUTAMIZ!
