“Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish”

“Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish”





O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi  “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida”gi O'RQ-595-son Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son Qarori asosidagi O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil  9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3261-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021 yil 10 iyundagi “Qamrov  darajasi past bo'lgan tumanlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5144-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020 yil 30 yanvardagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4581-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021 yil 12 apreldagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5071-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2019 yil  24  dekabrdagi “Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  1028-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017  yil 28-dekabrdagi “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 1026-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 391-son Qarori,   Maktabgacha ta'lim vazirining  2020  yil   26 oktyabrdagi “Maktabgacha ta'lim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to'g'risida”gi  173-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida  ushbu  o'quv dastur ishlab chiqilgan.
Shuningdek, pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo'yiladigan davlat talablari asosida оilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish va ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni taqozo etadi.
 Hududlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 18-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish” mavzusida seminar dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur dastur asosida joriy yilning    26 oktabr kuni Nurota tuman maktabgacha ta`lim bo`limiga qarashli davlat, nodavlat  oilaviy va DXSH asosidagi  maktabgacha ta`lim tashkilotlari  pedagoglari uchun qisqa muddatli  amaliy nazariy seminari tumandagi 6-son DMTT da tashkil etilib o`tkazildi. Seminarga tumandagi  davlat, nodavlat  oilaviy va DXSH asosidagi  maktabgacha ta`lim tashkilotlarining 60 nafar pedagog xodimlari istirok etishdi.
Semina trening  davomida “Ilk qadam” davlat o`quv dasturining mazmun-mohiyati, Ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv va turli yosh guruhlarda o‘yin faoliyati orqali rivojlanish markazlaridagi ta’limiy faoliyatni tashkil etish, Ilk  va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari  va “Ilk qadam Davlat o‘quv dasturi mazmun mohiyati”, Turli yosh guruh bolalarining rivojlanish xaritasini yuritilishini tahlil qilish mavzularida  trening tashkil etilib,seminar ishtirokchilariga amaliy nazariy  tushunchalar berildi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH