Prezident qarorining ijrosi amalda

Prezident qarorining ijrosi amalda





O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021 yil   10 iyundagi “Qamrov darajasi past bo`lgan tumanlarda maktabgacha ta`lim tarmog`ini kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi  5144-sonli qaroriga asosan   tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarga qamrab olinmagan  bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ishlarini tashkil etib kelinmoqda. 

         Joriy yilning   28-oktabr kuni tumanimizdagi Temirqovuq MFY Qo`ziboy quduq qishlog`ida yashovchi fuqaro   Nurmanova Safargul xonadonida   yangi ONMTT o'z faoliyatini boshladi.

Shu hududda yashayotgan  bolajonlar va   ularning ota-onalari uchun  katta tuhfa desak bo'ladi. 

          Ushbu Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 20 nafar tarbiyalanuvchilar uchun alohida faoliyat xonasi, dam olish va ovqatlanish xonalari mavjud bo‘lib yetarli shart sharoit yaratilgan. Oilaviy NMTTning ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi. Bolajonlarning sho‘x-shodon qo‘shiq raqslari bilan boshlanib, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarning tabrik so‘zlariga ulanib ketdi.Oilaviy NMTTning  ochilish marosimida tuman  hokim o‘rinbosari Sh.Vafoyev  tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri v.v.b J.Boboqandov va bo‘limning barcha mas’ul xodimlari, mahalla faollari, nuroniy otaxonlar, onaxonlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi hamda  tashkilotda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Mazkur qishloqda 3-7 yoshli 20 nafar qamralmagan bolalarning barchasi mazkur ONMTTga qabul qilindi 

Boshqa yangiliklar

YOPISH