ONMTT va DXSH pedagoglari uchun qisqa muddatli o'quv

ONMTT va DXSH pedagoglari uchun qisqa muddatli o'quv





Ozbekiston Respublikasi  Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi “Qamrov darajasi past bolgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5144 sonli qarori hamda Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 30-iyundagi  “Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi pedagogika kollejlarida Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari  va davlat xususiy sherikchilik  asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun  qisqa muddatli oquv kursini tashkil etish to’g’risida”gi 149-sonli buyrugi Navoiy viloyat boshqarmasining 2021 yil 9-avgustdagi 141-sonli Nurota tuman maktabgacha ta’lim bo’limining 2021 yil 17-avgustdagi 127-sonli buyrugi ishlab chiqilgan. Ushbu buyruqqa asosan 2021 yil 25-27 avgust kunlari Nurota tuman 2-son DMTTning  2 nafar pedagogi, ya’ni Fayziyeva Mo‘tabar va Hotamova  Gulchehralar Toshkent shahrida “Oilaviy nodavlat hamda davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani tashkil etish” mavzusida o‘z bilimlarini oshirib  trener bo’lib qaytishdi. 

         Toshkent shahridagi qisqa muddatli o’quv kursida ishtirok etgan trenirlar  Nurota tumanidagi 66 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 4 oy muddatda o’qitishni rejalashtirib olishdi.

Seminarda pedagoglarga  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti to‘g‘risida” gi 802 sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risda”gi 595-sonli Qonunining ma’mun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30-avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 155-sonli buyrug‘i asosida “ish hujjatlarini  qanday yuritilishi  haqida pedagoglarga slaydlar orqali tushunchalar berishdi. Seminar so’nggida pedagoglar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. 

Boshqa yangiliklar

YOPISH