


Faoliyatlarda avval bolajonlarga umumiy tushunchalar berilib, yo’l harakati qoidalari, yo’lda qanday harakatlanish kerakligi, yo’l belgilari haqida tushunchaga ega bo’lishdi. Faoliyatda turli tarqatma materiallar va didaktik o’yinlardan foydalanildi, tetiklashtiruvchi mashqlar bajarib, sahnaviy ko’rinishlar ijro etishdi. Faoliyat davomida bolajonlar mavzuga mos maqollar, she’rlar va tez aytishlar aytib musoboqalashishdi. Faoliyat davomida tarbiyachi AKTdan unumli foydalanib, bolajonlarga mavzuga mos videoroliklar tomosha qilishdi. So’ng esa markazlarga yo’naltirilib, bolajonlar olgan bilimlarini markazlarda mustahkamlashdi.
Seminar turli bahs-munozaralarga boy bo’lib, yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.