“Muqaddasdir Vatan bayrog'i”

“Muqaddasdir Vatan bayrog'i”


Navoiy viloyati Nurota tuman 7-son DMTTda O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkilotning  "Bulbulcha" maktabga tayyorlov guruhi hamda "Bilimdon" majburiy bir yillik guruhi va "Kabutar" katta guruhlarida "Muqaddasan Vatan bayrog'i" shiori ostida ma'naviy-marifiy tadbirlar bolib o'tdi.Tadbirda bayroqni madh etuvchi she’rlar tarbiyalanuvchilar tomonidan madh etildi. Guruh tarbiyalanuvchilari  bayroqni ta’riflab: bayroq, bu so'zning zamirida olam-olam ma’no borligi , bu so'zning zamirida sharaf tursada, uning qanchalik g'urur va iftixor belgisi ekanligi bolalar tomonidan chiroyli va betakror tariflandi. Bu bayroq vatanimiz sportchilari va iste'dodli yoshlari tomonidan jahon arenalarida yuksak hilpirayotganligi naqadar g'ururli va sharafli ekanligini his qilish bu bitmas baxt ekanligi bolajonlar tomonidan yana bir bor takidlab o'tildi. O'tkazilgan tadbirlar ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH