''IRODA-BAXT SHARTI"

''IRODA-BAXT SHARTI"


Navoiy viloyati, Nurota tuman MTB tasarrufidagi MTT psixologlari tomonidan 2021 yilning 14 dekabr kuni "Iroda-baxt sharti" mavzusida seminar trening tashkil etildi.  Seminar treningni tuman psixologlar uslubiy birlashma rahbari Sh. Qurbonova boshqarib bordi. Dastavval mavzu yuzasidan tushuncha berildi. Seminar trening "Kaftdagi tilaklar"  psixologik o'yini  bilan boshlandi. Ishtirokchilarda yuqori kayfiyat bag'sh etdi. Psixolog D. Xidirova tomonidan "Sayohat" nomli meditatsion mashqi va "Farzandingizdan nima kutyapsiz" testi o'kazildi.  Psixolog M. Mardonova tomonidan "Bir qo'l bilan ushla" nomli trening o'tkazildi. Dastur davomida muammolarga yechim topishda yordam beruvchi "O'rgimchak to'ri" o'yini psixolog D. Boboqulova tomonidan tashkil etildi. Psixolog E. To'yqulova tomonidan bolajonlarga "Rangidan top"  metodikasi olib borildi. Psixolog G. Muhammadova mayda qo'l motorikasini rivojlantiruvchi didaktik o'yini bolajonlar bilan, "shar yordamida bo'sh idishlarni tushirish"  va pedagoglar bilan "Katta daraxt" o'yini, psixologik testlar tashkil etildi. Qolgan psixologlar tomonidan esa irodani mustahkamlovchi o'yinlari tashkil etildi.  Seminar- trening so'ngida barcha seminar ishtirokchilari bilan yoqimli so'zlar yordamida musiqiy tanaffus tashkil etildi. Dastur yig'ilganlarda yorqin tassurot qoldirdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH