MAHORAT MAKTABI

MAHORAT MAKTABI


O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 12-iyuldagi “Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 128-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan  katta guruhlar uslubiy birlashmasi ish rejasiga asosan  joriy yilning  23-dekabr kuni  "Ta’lim-tarbiya  jarayonlarini tashkil etishda  yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish" mavzusida  mahorat maktabi seminar trening tashkil etildi. Seminar treningga tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist tarbiyachilari ishtirok etishdi. Mahorat maktabi   treningi davomida pedagoglarga applikasiya mashg‘ulotlarini tashkil etish usullari yuzasidan seminar trening ishtirokchilari jamoalarga bo‘lib o‘zaro  bellashishdi.  Seminar trening o'zaro savol-javoblar bahs munozaralar asosida o‘tib pedagoglar o‘z bilim malakalarini  yanada mustahkamlab olishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH