YANGI YILDA YANGI TUHFA

YANGI YILDA YANGI TUHFA




O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi  Qonunining   27-moddasi, O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  2019 yil  14 avgustdagi  "Navoiy viloyatida Davlat maktabgacha ta’lim  tashkiloti  tarmog‘ini yanada  kengaytirish, axoliga  qulay  Maktabgacha  ta’lim xizmatini  ko‘rsatish xamda  davlat mulki ob’yektlaridan  samarali  foydalanishni tashkil kilish to‘g‘risida"gi  F-676-sonli farmoyishiga  muvofiq  Nurota tumani Gʻafur Gʻulom MFYda 10-son MTT foydalanishga topshirildi.  150- o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Vafoyev hamda hudud faollari ishtirok etishdi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti  Investisiya  dasturi asosida   zamon talabi, davlat standartlariga  javob bera  oladigan, tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga sifatli  tayyorlash uchun  yetarli shart sharoitlarga ega bo‘lgan  ta’lim tashkiloti bugun tarbiyalanuvchilarni o‘z kuchogiga kamrab oldi.  
 Nurota tumanida  84 ta MTT bo‘lib, ulardan 19 tasi davlat, 59 tasi oilaviy va  6 tasi DXSH asosidagi MTTlardir. 2022 yil tumandagi bolalarning 69.3 %i maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan (2021 yilda bu ko‘rsatkich 69.3 % edi). Joriy yilning oxirigacha MTV bu ko‘rsatkichni  72.5 %gacha yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan.

Boshqa yangiliklar

YOPISH