“Yaxshilik va tinchlik” mavzusida rasmlar koʼrgazmasi

“Yaxshilik va tinchlik” mavzusida rasmlar koʼrgazmasi


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNICEF bolalar fondi hamkorligida “Yaxshilik va tinchlik” mavzusida rasmlar koʼrgazmasi tashkil qilingan edi.

Ushbu ko‘rgazmada navoiylik bir guruh tarbiyalanuchilarning ham rasmlari namoyish etilib, hakamlar hay’atining yuqori e’tirofiga sazovor bo‘ldi.Xususan, Nurota  tumanidagi 7-sonli davlat MTT tarbiyalanuvchisi  Parizoda Nusratillayevaning mohirlik bilan chizgan rasmlari g'oliblar safidan joy egallashiga sabab bo‘ldi. Shu munosabat bilan tarbiyalanuvchi P.Nusratillayeva tashkilotchilarning maxsus sovg‘asi – o‘quv  qurollari hamda viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasining faxriy yorlig`i bilan  taqdirlandi

Boshqa yangiliklar

YOPISH