“Vatanimga-tayanchman”

“Vatanimga-tayanchman”



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus asosida tarbiyalanuvchilarni jismoniy chiniqtirish ularni sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan ikkinchi tashabbus ijrosini ta`minlash, viloyat hokimining 2021-yil 25-noyabrdagi 12-01/447-sonli chora-tadbirlar dasturini ijrosini ta`minlash, musobaqa ishtirokchilariga vatan sevish, uni e`zozlash va u bilan g`ururlanish kabi hissiyotlarni singdirish maqsadida joriy yilning  11 yanvar  kuni  tumandagi 10-son davlat maktabgacha ta`lim  tashkilotida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilar  o`rtasida  “Vatanimga-tayanchman” mavzusida sport musobaqasining  musobaqasining  tuman  bosqichi tashkil etilib o`tkazildi.
Sport musobaqasining  tuman  bosqichi 3  ta shart asosida tumandagi             14 ta davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari  tarbiyalanuvchilari  o`zaro bellashishdi.
Sport  musobaqasida  28 ball bilan 20-son DMTT jamoasi  faxrli  1-o`rinni, 3,13-son DMTT  jamoalari  2-o`rinni,  7-son DMTT  jamoasi  faxrli 3-o`rinni  egallashdi.  G`olib jamoalar tuman Maktabgacha ta`lim  bo`limining  faxriy yorlig`i hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi. 20-son davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti   viloyat bosqichida ishtirok etish uchun  yo`llanmani qo`lga kiritishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH