XOTIRANGIZ ABADIY

XOTIRANGIZ ABADIY




Navoiy violati Nurota tumani Maktabgacha  ta`lim bo`limi tasarrufidagi  davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida  30 yanvar O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavalludining 84 yilligiga bag'ishlab "Xotirangiz abadiy" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar  tashkil etilib o`tkazildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan barcha yutuq va marralar Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻliq. Birinchi Prezidentimiz mamlakatimiz mustaqilligini qoʻlga kiritishdan tortib, uning taraqqiyoti, jahonda oʻz oʻrni va soʻziga ega davlatga aylanishi yoʻlida yuksak fidoyilik koʻrsatib mehnat qildi. Uning tengsiz jasorati va uzoqni koʻzlab yuritgan dono siyosati tufayli Oʻzbekiston tarixan qisqa davrda izchil rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi, mamlakatimizni dunyo tanidi.
Buyuk Yoʻlboshchimiz serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning koʻp asrlik tarixida oʻchmas iz qoldirdi.
Mustaqil O'zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o'zbek xalqining ulug' va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo'lboshchimiz g'oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og'ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O'zbekistonni jadal va barqaror sur'atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
Islom Abdug'aniyevich Karimov o'zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko'p asrlik tarixida o'chmas iz qoldirdi. U nafaqat O'zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro'-e'tiborga sazovor bo'lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH