“Bahor malikalari”

“Bahor malikalari”


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta`minlash hamda 8 mart–“Xalqaro  xotin-qizlar kuni”  munosabati bilan  tuman Maktabgacha ta'lim bo’limi tasarrufidagi  davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarining 6-7 yoshli tarbiyalanuvchi qizlar o`rtasida   “Bahor malikalari” gimnastrada sport musobaqasining tuman bosqichini o'tkazish bo'yicha tuman sportni rivojlantirish bo'limi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Mazkur gimnastrada sport musobaqasini  tashkil etib o'tkazishdan maqsad,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus asosida tarbiyalanuvchilarni jismoniy chiniqtirish ularni sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan ikkinchi tashabbus ijrosini ta`minlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2022-yil 15-yanvardagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo`yicha sport sinovlarini tashkil etish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 23-sonli qarorini ijrosini ta`minlash,-musobaqa ishtirokchilariga sog`lom turmush tarzini keng targ`ib etish, xotin-qizlar o`rtasida ommaviy sportni rivojlantirishdan iboratdir.
 Mazkur nizomga asosan  joriy yilning 2-mart kuni tumandagi  1-son DMTT musiqa zalida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta`minlash hamda 8 mart–“Xalqaro  xotin-qizlar kuni”  munosabati bilan  tuman Maktabgacha ta'lim bo’limi tasarrufidagi  davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarining 6-7 yoshli tarbiyalanuvchi qizlar o`rtasida   “Bahor malikalari” gimnastrada sport musobaqasining tuman bosqichi tashkil etilib, otkazildi. Gimnastrada sport musobaqasida tumandagi  8 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari jamoasi ishtirot etishdi. Gimnastrada sport musobaqasi natijalariga ko'ra  tumandagi 6-son DMTT tarbiyalanuvchilari jamoasi faxrli 1-o`rinni,1-son DMTT tarbiyalanuvchilari jamoasi faxrli 2-o`rinni,8-son DMTT tarbiyalanuvchilari jamoasi faxrli 3 -o`rinlarni egallab tuman Maktabgacha ta`lim bo`limining  faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH