Til bilgan-el biladi

Til bilgan-el biladi

O`zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari, Davlat o`quv dasturida  belgilangan tamoyillar ijrosini amalga oshirish, tizimda ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish,tashkilotlarda tarbiyalanayotgan bolalrning intelektual  imkoniyatlarini, iste`dodini, iqtidor qirralarini aniqlash, rivojlantirish va ularni rag`batlantirish, bolalarda  chet tilini o`rganishga bo`lgan  qiziqishni uyg`otish, bu borada  ota-onalar hamkorligini kuchaytirish, 2021-2022 o`quv yilining asosiy vazifalari ijrosini ta`minlash maqsadida  joriy yilning   4 mart  kuni tumandagi davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari 6-7 yoshli tarbiyalanuvchilar o`rtasida “Iqtidorli bolajon” intelektual  ko`rik tanlovining ikkinchi til ingliz va rus tili yo'nalishi  bo'yicha  tuman bosqichi  bo'lib o'tdi. Tanlovda ikki til boyicha  davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari  11 nafar tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Tanlovni tashkil etishdan  asosiy maqsad iqtidorli bolalrni aniqlash, ularni  har tomonlama qo`lllab-quvvatlash, iste`dod va  mahoratlarini namoyon  etishlari  ucun imkoniyat yaratib berish, intelektual darajasini oshirish,bolalarda chet tili o`rganishga bo`lgan qiziqishini uyg`otish,jamiyatda etuk inson etb tarbiyalashdan iboratdir.   Tanlovning  ingliz va rus tili yo`nalishlari bo`yicha  3 ta shart asosida tashkil etilib o`tkazildi. Ingliz tili  yo`nalishi boyicha  1-son DMTT  tarbiyalanuvchisi  Jo`raqulova Feruza 1-o`rinni, "Umidli yoshlar maskani"DXSH  NDMTT  tarbiyalanuvchisi  Iskandarova Mubina 2-o`rinni, 6-son DMTT  tarbiyalanuvchisi  Niyozov Shoxrux 3-o`rinni, rus tili yo`nalishi bo`yicha   "Umidli yoshlar maskani"DXSH  NDMTT  tarbiyalanuvchisi   sadirova Mushtariy 1-o`rinni, 1-son DMTT  tarbiyalanuvchisi  Abdurahimov Rustamjon 2-o`rinni,   4-son DMTT  tarbiyalanuvchisi  Umidov azimjon  3-o`rinni egallashib tuman MTB faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH