
Ayol va Bahor degan muqaddas kalomlar bejizga yonma-yon yozilmaydi. Biz bahorning kelishi va uning beqiyos go‘zalligini munis ayollarimizning gulgun chehralariga qarab bilib olamiz.
Ayol bir qo‘li bilan beshikni, ikkinchi qo‘li bilan esa dunyoni tebratishga qodir bo‘lgan muhtarama zot hisoblanadi. Shu bois, istiqlol yillarida yurtimizda xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ularning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rinlari yildan-yilga faollashib bormoqda.Hammamiz uchun aziz va mo''tabar bo'lgan ayol zoti haqida so'z yuritganda, avvalo, bizni dunyoga keltirgan, oq sut va mehr berib ulg'aytirgan Ona siymosi oldida bosh egib ta'zim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so'zga eng munosib zot bu – Ona. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug'lab, ardoqlab yashaydi.