Nafosat malikalari

Nafosat malikalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil   30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoni hamda 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta`minlash maqsadida joriy yilning 10-mart kuni viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tashabbusi bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari   tarbiyalanuvchi  qizlar  o‘rtasida “Bahor malikalari” nomli gimnastrada sport musobaqasining viloyat bosqichi o`tkazildi. Gimnastrada sport musobaqasining  natijalariga ko'ra Karmana tumandagi 18-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari jamoasi faxrli 1-o‘rinni, G`azg`on shahar 3-sonli  DMTT tarbiyalanuvchilari jamoasi faxrli 2-o‘rinni, Nurota tuman 6-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari jamoasi faxrli                        3-o‘rinni egallab, Maktabgacha ta’lim boshqarmasining diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH