Sayyor qabul: navbatdagi manzil Nurota tumani

Sayyor qabul: navbatdagi manzil Nurota tumani

Bugun Navoiy viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʼi Oʼ.Tillayev boshchiligida Nurota tumani maktabgacha ta’lim bo’limi binosida sayyor qabul o‘tkazildi. Tuman aholisi uchun o‘tkazilgan qabulda maktabgacha ta’lim sohasiga oid bir qator masalalar muhokama etildi.

Qabulda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari, shuningdek, davlat MTT direktorlari, metodistlari va sohaga aloqador boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.

Boshqarma boshligʼiga yoʼllangan maktabgacha ta’lim sohasiga oid oʼndan ortiq murojaatlarning ba'zilari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.  

Xususan, “Soykechar” MFY  hududida 3-7 yoshli bog‘cha yoshidagi bolalarning ko‘pligi, qamrov darajasi juda pastligi sababli hududda olilaviy  MTTni tashkil etish taklifini bildirdi. Uning taklifi atroflicha muhokama etilib, vaqt va mablag‘ talab etilgani uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob qaytarilishi tushuntirildi.

Shuningdek, “Temirqovuq”, MFYda yashovchi fuqarol  Jumayeva Gulnoza Nuriddinovna, Sobirova Dinora Anvar qizi Istiqbol MFY, Yodgorova Dilnoza Nurbek qizi Qizilcha MFY da yashovchi fuqarolar mutaxassisiligi bo’yicha  ish so’rab  amaliy yordam so‘raldi. Fuqarolarning taklifi mas’ullar ishtirokida o‘rganib chiqilib, ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.  

Sayyor qabulda fuqarolardan tashqari, MTT direktorlari ham o‘zlarining tashkilotlaridagi yuzaga kelgan mablag‘ bilan bog‘liq muammolarni hal etib berishda amaliy yordam so‘rashdi.

Sayyor qabul so‘ngida boshqarma boshlig‘i tomonidan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi va davlat MTTlarining rahbar va mas’ullari bilan qisqa yig‘ilish o‘tkazilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni so‘zsiz ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida tizimda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tashabbuskor faol yoshlardan bir guruhiga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomlari topshirildi va kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Boshqarma boshlig'i shiningdek, MTTlarda bo'lib, ularning shart-sharoitlarinin o'rgandi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH