Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi
305-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Iqlim oʻzgarishining Oʻzbekistondagi
oqibatlarini yumshatish boʻyicha qisqa (2021-2023-yillar) va oʻrta (2023-2025-yillar) muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”ning 44-bandi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil I yarim yillik ish rejasiga muvofiq, joriy yilning aprel oyida Xalqaro Yer kuni munosabati bilan maktabgachataʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Tabiat bolalar nigohida”mavzusida respublika koʻrgazmasini (keyingi oʻrinlarda – Koʻrgazma) tashkil etish belgilangan. Maktabgacha ta`lim vazirining 2022-yil 25-martdagi “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovini o`tkazish hamda respublika ko`rgazmasini tashkil etish to’g’risida”gi 67-sonli buyrug`i, viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmasining 2022 yil 31 martdagi 65-sonli buyrug`i ishlab chiqilgan.
Joriy yilning 6 aprel kuni tuman Ekologiya partiyasi bilan Maktabgacha ta`lim bo`limi hamkorlikda tumandagi 10-son DMTTda maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o`rtasida “Tabiat bolalar nigohida’ tanlovining tuman bosqichi tashkil etilib o`tkazildi. Tanlovning tuman bosqichida tumandagi davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlaridan 13 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi.
Tanlov natijalariga ko`ra 6-son DMTT tarbiyalanuvchisi Fayzullayeva Shahnoza faxrli 1-o`rinni, 8-son DMTT tarbiyalanuvchisi Shavkatova Nozanin
2-o`rinni,20-son DMTT tarbiyalanuvchisi Meliyeva Dildora 2-o`rinni, 8-son DMTT tarbiyalanuvchisi Arziqulova Sevich 3-o`rinni, 7-son DMTT tarbiyalanuvchisi Nusratillayeva Parizoda 3-o`rinni egallashdi.
Tanlov go`liblari tuman Maktabgacha ta`lim bo`limi hamda Ekologiya partiyasi tuman Kengashining faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.
