
Bolalar iqtidorini rivojlantirish
Viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmasining 2022 yilllik ish rejasiga asosan Nurota tuman Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 8-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “MATEMATIKA (MENTAL ARIFMETIKA) VA MANTIQ CHUQUR O’RGATILADIGAN GURUHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA BOLALAR IQTIDOR VA QIZIQISHLARINI O’RGANISH,RIVOJLANTIRISH” mavzusidagi viloyat seminari bo`lib o`tdi. Mazkur seminariga viloyat Maktabtabgacha ta`lim boshqarmasi ta`lim-tarbiya sifatini ta`minlash va metodik xizmatni tashkil etish bo`limi boshlig`i L.Rajabova, tuman shahar maktabgacha ta`lim bolimi sho`ba metodistlari, davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyachilari ishtirok etishdi. Seminar davomida 8-son DMTT pedagog xodimlari bor bilim, mahoratlarini ishga solib tarbiyalanuvchilarga yangi pedagogik texnologiyalardan, o`yinlardan foydalangan holda faoliyatlarni tashkil etib o`tib berishdi. Shu bilan birga tashkilotda tashkil etilgan mental arifmetika to`garagi faoliyatidan ham mashg`ulotlarni tahlil qilishdi. Seminar davomida vazirlik tomonidan taqdim tilgan 6 nomdagi qo`llanma "o`yin orqali ta`lim berish" kitobi asosida seminar trening ham tashkil etilib o`tkazildi. Seminar yakunida seminar ishtirokchilari mehmonlar o`tkazilgan faoliyatlar ulardan olihgan taasurotlari haqida o`z fikr mulohazalarini bildirib o`tishdi.