“Muhammad Yusuf she’riyati shaydosiman”

“Muhammad Yusuf she’riyati shaydosiman”

Nurota tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli  davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari o‘rtasida    O‘zbekiston Xalq shoiri  Muhammad Yusuf tavalludining 68-yilligi munosabati bilan “Muhammad Yusuf she’riyati shaydosiman” mavzusida she’riyat kechasi joriy yilning 26 aprel kuni tumandagi 10-son DMTT musiqa zalida tashkil etilib o`tkazildi.  Sheriyat kechsida tumandagi 13 ta davlat maktabgacha ta`lim tashkilotidan 13 nafar  pedagog xodimlar ishtirok etishdi. Sheriyat kechasida tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad YUsuf ijodidan namunalar keltirishdi. O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad YUsuf hayoti va ijodi yuzasidan savol-javobda ishtirok etishdi.Shoir ijodidan  sevgan she’rni kuyga solib, ijro etib berishdi. Sheriyat kechasi ishtirokchilari  hakamlar hay`ati tomonidan baholanib borildi. Tanlov natijalariga ko`ra 2-son DMTT musiqa tarbiyachisi G`iyosova Farida 1-o`rinni, 1-son DMTT tarbiyachisi Ibragimova Munira 2-o`rinni, 8-son DMTT  musiqa tarbiyachisi  Sa`dullayeva Muhabbat  faxrli 3-o`rinni egallab tuman Maktabgacha ta`lim bo`limining faxriy yorlig``i bilan taqdirlanishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH