
Shaxmatchi bolajon
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi PQ-4954-son “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maksadida davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha sport musobaqasining tuman bosqichi joriy yilning 27-aprel kuni tuman Yoshlar kelajagimiz jamg`armasi binosida tashkil etilib o`tkazildi. Sport musobaqasida tumandagi 8 ta davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etib o`zaro bellashishdi. Musobaqa natijalariga ko`ra 7-son DMTT tarbiyalanuvchisi faxrli 1-o`rinni, 1-son DMTT hamda "Baqaloqcha" DXSHNMTT tarbiyalanuvchilari 2-o`rinni, 10-8-son DMTT tarbiyalanuvchilari faxrli 3-o`rinni egallashdi. Musobaqa g`oliblari tuman Maktabgacha ta`lim bo`limining faxriy yorlig`i bilan taqdirlanishdi.