DMTT da ikkinchi tilni o`rgatishda AKT dan foydalanish

DMTT da ikkinchi tilni o`rgatishda AKT dan foydalanish

Navoiy viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasining  yillik ish rejasiga, maktabgacha ta`lim tashkilotlarining asosiy yillik vazifalariga asosan joriy  yilning  27-aprel kuni  tumandagi 3 son DMTT da " Maktabgacha ta`lim tashkilotida Katta va tayyorlov yoshdagi tarbiyalanuvchilarga ikkinchi tilni o`rgatishda AKT vositalaridan oqilona foydalanish" mavzusidagi viloyat seminari takil etilib o`tkazildi.Seminar davomida tashkilotning maktabga tayyorlov hamda katta guruh tarbiyalanuvchilariga  ikkinchi tilni o`rgatishda AKTdan hamda  o`yinlardan samarali foydalangan holda tarbiyalanuvchilarga tushuncha berildi. Shu bilan birga  tarbiyalanuvchilar o`ytinlar, raqs  harakatlari orqali yil davomida olgan bilimlarini  namoyish etishdi. Seminarda tashkilot ingliz tili o`qituvchisi  tarbiyalanuvchilarga  "Oppog`oy va yetti gnom"  ertagi tarbiyalanuvchilar tomonidan sahnalashtirib namoyish etishdi. Seminar ishtirokchilari maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarga  o`yinlardan hamda AKTdan oqilona  foydalangan holda ikkinchi tilni o`rgatish metodlarini o`rganib olishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH